Uz International kompaniyasining rasmiy web sahifasiga tashrif buyurganingizdan xursandmiz. Uz International kompaniyasini tashkil qilish g’oyasi biz O’zbeklarning Janubiy Koreyadagi ko’rinishi yomon bo’lishiga qarshi kurashish maqsadi tufayli uyg’ondi. Men Janubiy Koreyada uzoq yillar davomida yashab, bu mamlakatning urf odatlari, tili, hayot yo’li haqida ko’p ma’lumotlarni o’zimda jamladim va bu hayotiy tajribamni siz aziz hamyurtlarimiz bilan bajonidil ulashmoqchiman. Xalqimizga oz bo’lsada xizmat qilish uchun men Uz International kompaniyasini Mr Song Sang Hyok va Anvar Javharov bilan birgalikda tashkil qildim va bundan juda ham mamnunman va kelajakda man bu Kompanyamni butun dunyoga tanitib birinchi raqamli kampaniyalar qatoriga qo’shilishiga harakatdan to’xtamayman. Bizning kompaniya faoliyat boshlaganidan beri ko’plab hayrli ishlarni boshladi. Jumladan 2018-yil oxirlarida men Janubiy Koreyaning universitetlaridan biri Dong-ah Institute of Media and Art universiteti Rektor xodimlari bilan birgalikda O’zbekistonga tashrif buyurdim va O’zbekistonning nufuzli universitetlaridan biri O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti bilan besh yillik xalqaro ta’lim almashinuvi to’g’risidagi shartnoma imzolashda rasman Uz International kompaniyasi Bosh direktori sifatida qatnashib, tomonlarning muzokaralar olib borishida ko’maklashdim. Bu bizni yanada ruhlantirib olg’a intiltirdi. Uz international kompaniyasining direktori hamda modeli sifatida shuni aytishim mumkinki, bu kompaniya Janubiy Koreya bilan O’zbekiston Respublikasini bog’laydigan bir ko’prikdir. Hozirgi kunda Janubiy Koreyaning eng nomdor universitetlari bilan birgalikdan til kursi, Bakalavr va Magistratura yo’nalishlari bo’yicha o’zaro ishonchga asoslangan aloqalarni yuritmoqdaman. Faoliyatimiz davomida bildimki, har xil aldovlar, qallobliklar ko’paymoqda va bularga qarshi kurashish bizning eng oliy maqsadimizdir. O’zbekistonning yoshlarini eng kuchli universitetlarga o’qishga kirishida ko’maklashib, ularning hayot yo’lini jamiyatda topishida xalqimizga o’zini bilimi va salohiyati bilan yordam beradigan kadrlarni tayyorlash biz uchun mezon hisoblanadi.
Bizning kompaniya Uz International Company (UzIC) ning eshiklari siz azizlar uchun doimo ochiq.
Cheksiz Hurmat ehtirom ila
Uz International kompaniyasi Bosh Direktori
Mrs. DILDORA KHASHIMOVA