Janubiy Koreyaning Siheung Pegot shindoshi shahrida joylashgan Uz International Company (UzIC) kompaniyasi O’zbekiston va Janubiy Koreyada san’at aktyorlik faoliyati bilan shug’illanayotgan aktrisa Dildora Khashimova va Janubiy Koreya fuqarosi va Dildora Khashimovaning turmush o’rtog’i Mr. Son Sang Hyuk tomonidan tashkil qilingan kompaniya hisoblanadi. O’quv masalalari bo’yicha bosh manajer Anvarkhon Javharov va Dizayner Zilolakhon Javharovalar ham Uz International kompaniyasining ishchi xodimlari hisoblanadi. Uz International kompaniyasi Janubiy Koreyaning bizness litsenziyasiga ega kompaniya hisoblanib, Koreys tilidagi maqomi va nomlanishi 법인 주식회사 우즈인터내셔널 hisoblanadi. Uz International kompaniyasi 2018-yilning 1-oktabr sanasida o’z business litsenziyasi rasmiylashtirdi va shu kundan e’tiborana quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyatini davom ettirmoqda.
Uz International kompaniyasining quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib borish ruhsati mavjud:
A) Xalqaro talabalarni o’qishga jalb qilish va ularning hujjatlari ustida ishlash, Universitetlar bilan hamkorlik qilish va Janubiy Koreyaning xalqaro ta’limi bo’yicha qonunchiligi bilan tanishish va tanishtirish
B) Universitet, jamoat birlashmalari, firmalarning faoliyatini namoish qilish va ochib berishda yordamlashish, reklama xizmatini amalga oshirishda ko’maklashish, Reklama agentligini yuritish
C) Xalqaro savdo, xalqaro Tovar almashinuvi va xalqaro aloqalarni amalga oshirish
Bu xizmatlarni amalga oshirishda kompaniyamizda shart-sharoitlar yetarli. Kompaniyamiz ochilishidan boshlab Janubiy Koreyaning yuzdan ortiq universitetlari bilan aloqani o’rnatildi va faoliyatni boshladi. Uz International kompaniyasi Seoul Milliy Universiteti, Sangmyung, DIMA va shu kabi ko’plab universitetlar bilan o’zaro ishonchga asoslangan aloqalarni amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari Uz International kompaniyasi O’zbekiston Respublikasida ham ro’yhatdan o’tgan filiallari bilan birgalikda Janubiy Koreyada o’qishni xohlovchi yoshlargan o’z xizmatini ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda Toshkent, Namangan, Farg’ona, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida o’z filiallarini tashkil qilib, faoliyatni davom ettirmoqda.

Bizning rasmniy manzilimiz: 경기도 시흥시 서울대학로 264 번길35 (정왕동) 시흥배곧 아브뉴프랑센트럴 그린428호 15011

South Korea, Gyeonggi-do, Siheung-si, Seouldaehak-ro 264, 35, Siheung Pegot Avenue France Central, Green, 4th floor #428 Zip code: 15011 hisoblanadi.

Uz International kompaniyasi va filiallari mijozlarga yordam berishdan doimo mamnundir.