UzIC bosh direktori Mr. Son Sang Hyuk

Qadrli, Uz international kompaniyasi mehmonlari va Talabalar,

Uz International Kompaniyasi 2018-yil 1-oktabrdan boshlab o’z faoliyatini boshladi. Uz International kompaniyasini tashkil etishimizdan maqsad Janubiy Koreyada O’rta Osiyolik talabalarni Janubiy Koreya universitetlari til kurslari, bakalaver, Magistratura yo’nalishlari bo’yicha o’qishga kirishlarida yordamlashish va ular Janubiy Koreya respublikasida istqomat qilish jarayonida ularga Koreya hayoti, madaniyati va yashash tarzi haqida ma’lumotlar berib ularni a’lo o’qib, o’z hayot yo’llarini qurishida yordamlashishdan iboratdir. Uz International kompaniyasi rasmiy joylashuvi Janubiy Koreya Respublikasi Ansan shahri hisoblanib, Kompaniya Koreya Respublikasida o’zining o’rni va bizness litsenziyasiga egadir. Uz International kompaniyasining quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib borish ruhsati mavjud:

A) Xalqaro talabalarni o’qishga jalb qilish va ularning hujjatlari ustida ishlash, Universitetlar bilan hamkorlik qilish va Janubiy Koreyaning xalqaro ta’limi bo’yicha qonunchiligi bilan tanishish va tanishtirish

B) Universitet, jamoat birlashmalari, firmalarning faoliyatini namoish qilish va ochib berishda yordamlashish, reklama xizmatini amalga oshirishda ko’maklashish, Reklama agentligini yuritish

C) Xalqaro savdo, xalqaro Tovar almashinuvi va xalqaro aloqalarni amalga oshirish

Bu xizmatlarni amalga oshirishda kompaniyamizda shart-sharoitlar yetarli. Kompaniyamiz ochilishiga kop bo’lishiga qaramastan Janubiy Koreyaning yuzdan ortiq universitetlari bilan aloqani o’rnatildi va faoliyatni boshladi. Kelajakdagi asosiy maqsadimiz esa noqonuniy O’rta Osiyolik talabalar sonini kamaytirishda va ularni boshqarishda universitetlarga yordam berib, xalqaro talabalarning Janubiy Koreyadagi obro’sini ko’tarib, ularga o’zlari xohlagan universitetlarda o’qishlarida ko’maklashishdir.

Biz bilan hamkorlik qilayotganingiz uchun rahmat! Dunyo sizning qo’lingizdadir!

Hurmat va Ehtirom ila Uz International kompaniyasi bosh direktori

Mr. Son Sang Hyuk