Qadrli, Hamyurtlar!

Uz International kompaniyasining rasmiy web sahifasiga tashrif buyurganingizdan xursandmiz. Uz International kompaniyasini tashkil qilish g’oyasi biz O’zbeklarning Janubiy Koreyadagi ko’rinishi yomon bo’lishiga qarshi kurashish maqsadi tufayli uyg’ondi. Men Janubiy Koreyada 11-yil davomida yashab, bu mamlakatning urf odatlari, tili, hayot yo’li haqida ko’p ma’lumotlarni o’zimda jamladim va bu hayotiy tajribamni siz aziz hamyurtlarimiz bilan bajonidil ulashmoqchiman. Xalqimizga oz bo’lsada xizmat qilish uchun men Uz International kompaniyasini Mr Song Sang Hyok va Anvar Javharov bilan birgalikda tashkil qildim va bundan juda ham mamnunman va kelajakda man bu Kompanyamni butun dunyoga tanitib birinchi raqamli kampanyalar qatoriga qoshilishiga harakatdan to’htamayman. Bizning kompaniya endi ochilganiga qaramastan ko’plab hayrli ishlarni boshladi. Jumladan 2018-yil oxirlarida men Janubiy Koreyaning universitetlaridan biri Dong-ah Institute of Media and Art universiteti Rektor xodimlari bilan birgalikda O’zbekistonga tashrif buyurdim va O’zbekistonning nufuzli universitetlaridan biri O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti bilan besh yillik xalqaro ta’lim almashinuvi to’g’risidagi shartnoma imzolashda rasman Uz International kompaniyasi Bosh direktori sifatida qatnashib, tomonlarning muzokaralar olib borishida ko’maklashdim. Bu bizni yanada ruhlantirib olg’a intiltirdi. Uz international kompaniyasining direktori hamda modeli sifatida shuni aytishim mumkinki, bu kompaniya Janubiy Koreya bilan O’zbekiston Respublikasini bog’laydigan bir ko’prikdir. Faoliyatimiz davomida bildimki, har xil aldovlar, qallobliklar ko’paymoqda va bularga qarshi kurashish bizning eng oliy maqsadimizdir. 

Bizning kompaniya Uz International Company (UzIC) ning eshiklari siz azizlar uchun doimo ochiq.

Cheksiz Hurmat ehtirom ila

Uz International kompaniyasi Direktori

Dildora Hoshimova